Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smatrfon – mikrob tashuvchi! Uni qanday tozalash mumkin

Smatrfon – mikrob tashuvchi! Uni qanday tozalash mumkin

Siz uni quchoqlab uxlaysiz, ovqatlanayotganda yoningizga qo‘yasiz, hatto eng nozik joy — hojatxonaga ham birga olib kirasiz...

Ha, gap siz har soniyada qo‘lingizdan qo‘ymaydigan smartfon haqida ketmoqda!

Mikroskop ostidagi haqiqat esa odamnining etini junjiktiradi. Qimmatli smartfoningiz unitaz o‘rindig‘idan kamida 10 baravar iflosroq va unda millionlab mikroblar “ziyofat” qilmoqda! Har kuni foydalanuvchining yuz va og‘iz-burun qismiga eng yaqin tutiladigan bu matoh aslida haqiqiy bakteriyalar uyasi.

Xo‘sh, unda bu “bakteriya bombasi”dan qanday qutilish mumkin? Axir uni shunchaki suvda yuvib bo‘lmasa!

Darrov smartfonni tozalash bo‘yicha layfxaklarni qidirishga tushdingizmi? Shoshilmang, ularning hammasiga ham ishonib bo‘lmaydi. Masalan, spirt ekranning barmoq izlaridan himoya qiluvchi qatlamini butkul kuydiradi, oyna yuvish vositalari va idish yuvish gellari esa telefon uchun bamisoli zahar.

Oddiy salfetka ekranda ko‘zga ko‘rinmas mayda tirnalishlar qoldiradi. Shuning uchun ham telefon ekranini ko‘zoynak artadigan mikro tolali (mikrofibra) salfetkada tez-tez artib turing.

Maxsus antiseptik sprey yoki 70 foizli izopropil spirtni aynan shunday matoga purkab tozalasangiz u ekranni tirnamay, yog‘ va barmoq izlarini mukammal darajada o‘ziga tortib oladi.

Paxtali tayoqcha bilan esa ehtiyotkorlik bilan dinamiklar, quvvatlash porti va tugmalar atrofida yig‘ilib qolgan chang va kirni tozalash mumkin.

Telefon toza bo‘lib, g‘ilofi iflos bo‘lsa, shuncha qilgan mehnatingiz besamar ketadi. Plastik yoki silikon g‘iloflarni yechib, sovunli suvda bemalol yuvib, yaxshilab quritib, keyin telefonga taqib yurish mumkin.

Aslo hojatxonaga telefon bilan kirmang!

U yerdagi aerozolli bakteriyalar sekundiga telefoningizga o‘tirib oladi. Siz esa ayniqsa kafe va restoranlarda telefon bilan kirib, oyna oldida fotosessiya qilib, yana uni dasturxonga qo‘yib ovqatlanib yuribsiz. Iloji bo‘lsa, ovqatlanayotgan paytda telefonni uzoqroqqa qo‘ying.

Ko‘chada uyga kirganda qo‘lingizni yuvishdan avval, telefoningizni ham bir marta antiseptik salfetkada artib qo‘yishni odat qiling. Gadjetingiz nafaqat chiroyli, balki salomatligingiz uchun ham xavfsiz bo‘lsin!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring