Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq Bosh prokurorning o‘g‘li qidiruvga berildi

Sobiq Bosh prokurorning o‘g‘li qidiruvga berildi

Alisher Qodirov (suratda chapda) va Rashidjon Qodirov.

Foto: «Uznews.uz»

Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovning 39 yoshli o‘g‘li Alisher Qodirov Ichki ishlar vazirligi tomonidan xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda «UzNews.uz» nashri xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, Alisher Qodirov Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-3-qismlarining «a» bandi, 168-moddasi 3-4-qismlarining «a» bandi bo‘yicha gumonlanmoqda.

«Xabar.uz» ushbu ma’lumotga oydinlik kiritish uchun Interpol Milliy markazi (231-45-07) bilan bog‘landi. Navbatchilik qismida qo‘ng‘irog‘imizga javob bergan Xudoynazarov (ismini aytishni istamadi) ismli shaxs bu ma’lumotni tasdiqlash yoki rad etish vakolatiga ega emasligi, markaz O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi huzuridagi tashkilot ekani, markaz faoliyatiga oid ma’lumotlarni IIV matbuot xizmati orqali olishimiz mumkinligini bildirdi. IIV Matbuot xizmati boshlig‘i Qutbidin Burxonov (231 45-50) bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmadi.

Ochiq manbalardagi ma’lumotlarda keltirilishicha, Alisher Qodirov otasi hibsga olinishidan 10 kuncha muqaddam mamlakatdan qochib ketgan. Sobiq Bosh prokurorning boshqa oila a’zolari tergovga jalb etilgan yoki etilmagani haqida boshqa ma’lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov 2018-yilning 22-fevral kuni hibsga olingan edi. 24-fevral kuni Bosh prokuratura mazkur xabarni rasman tasdiqladi.


Ushbu xabar e’lon qilingandan so‘ng IIV rasmiy saytida Alisher Qodirov qidiruvga berilgani haqida rasman e’lon qilindi.

IIV rasmiy saytidan skrinshot
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring