Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq politsiyachi Nyu-York meri bo‘ldi

Sobiq politsiyachi Nyu-York meri bo‘ldi

Erik Adams.

Foto: NPR

AQShning eng yirik shahri — Nyu-York merligi uchun 2-noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovda demokratlar nomzodi, sobiq politsiyachi, 61 yoshli afroamerikalik Erik Adams g‘alaba qozondi. «Politico» nashri sayti tinmay yangilab turgan ma’lumotlar shundan dalolat bermoqda.

Seshanba kuni soat 21:30 holatiga, saylov uchastkalari yopilganidan so‘ng, Erik Adamsga saylovchilarning 70,5 foizi ovoz berishgani oydinlashgan.

Uning raqibi, respublikachilar vakili, radio-shou boshlovchisi, kelib chiqishi polyak millatiga mansub 67 yoshli Kyortis Sliva taxminan 25 foiz ovoz to‘plagan.

Nyu-York shahri sobiq meri Bill de Blazio lavozimda ikki muddat faoliyat olib borgani uchun, qonunchilikka muvofiq, saylovda qatnashmadi.

Ma’lumot uchun: Erik Leroy Adams — Bruklin (Nyu-Yorkning 2,58 mln. aholi yashovchi qismi) 18-prezidenti. Demokratik partiya a’zosi. 2007–2013-yillarda shtat senatori. Bungacha Nyu-York politsiyasida 22 yil ishlagan. Politsiya departamentida kapitanlikgacha ko‘tarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring