Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholi orasida kasallanish holati qayd etilmadi. Sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilandi

Aholi orasida kasallanish holati qayd etilmadi. Sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilandi

Foto: Xabar.uz

2020-yil 15-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14581 (+115) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 31 nafari Andijon viloyatida, 15 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 135 nafar, Qashqadaryo viloyatida 97 nafar, Samarqand viloyatida 49 nafar, Surxondaryo viloyatida 34 nafar, Jizzax viloyatida 9 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 4 nafar, jami 328 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 8655 (+328) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 5855 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring