Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari malakasi baholanadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari malakasi baholanadi

Foto: Xabar.uz

SSV boshqaruv xodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.

«Sog‘liqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident farmoni qabul qilindi. 

Prezident farmoni bilan SSV huzurida quyidagilar tashkil etiladi:

-Salomatlik va strategik rivojlanish instituti negizida Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi;

- Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari;

-davlat muassasasi shaklida Kontent mediamarkazi.

SSV, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining shtat birliklari soni quyidagicha belgilandi:

-SSV markaziy apparati – 298 ta (shu jumladan, 1 ta vazirning birinchi o‘rinbosari va 5 ta vazir o‘rinbosari);

- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi – 68 ta;

-Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi – 42 ta;

- Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari – 128 ta;

- Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi – 30 ta;

-Qoraqalpog‘iston Respublikasi SSV, viloyatlar va Toshkent shahri sog‘liqni saqlash boshqarmalari jami – 602 ta, tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari – 18 tadan.

Bunda soha uchun qo‘shimcha ajratiladigan shtat birliklari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlardan 880 ta shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan shakllantiriladi.

SSV boshqaruv xodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.

2026-yil yakuniga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining malakasi egallab turgan lavozimi bo‘yicha baholanadi. 

Baholash natijalariga ko‘ra hamda mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq xodimlarning lavozimga muvofiqligini ta’minlash, shu jumladan, ularni lavozimda qoldirish, rotatsiya qilish, qayta tayyorlash yoki mehnat shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish choralarini ko‘riladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring