Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ochiqlandi

Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ochiqlandi
Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 27 451 ta holat bo‘yicha 19,7 mlrd so‘m mukofot to‘langan.
 
O‘zbekistonda yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 63 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
 
Bildirilishicha, 2025 yilning o‘tgan 7 oyi davomida "Soliq" mobil ilovasining "Soliq hamkor" tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 63 988 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
 
57 672 tasi xarid cheki bermaslik;
 
2 278 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
 
145 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
 
3 893 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha.
 
Qayd etilishicha, murojaatlarning 31 423 tasi takroriy bo‘lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik sub’yektida tekshiruv davom etayotgani sababli ko‘rib chiqilmagan. Murojaatlar asosida 25 924 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 98,9 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring