Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahrihon, Oltinko‘l va Urgut tumani soliq inspeksiyalariga rahbarlar tayinlandi

Shahrihon, Oltinko‘l va Urgut tumani soliq inspeksiyalariga rahbarlar tayinlandi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

Soliq tizimi organlarida qator tayinlovlar amalga oshirildi, deya xabar bermoqda DSQ matbuot xizmati.

Mashrapov Jasurbek Ro‘zimaxammat o‘g‘li Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangan.

J.Mashrapov 1989-yilda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligiga ega.

Hamidov Botirjon Aripdjanovich Oltinko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1978- yilda Andijon viloyatining Andijon shahrida tug‘ilgan. 1999 yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutini, 2005-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha ingliz filologiyasi, huquqshunoslik mutaxassisliklariga ega.

Almasov Akbar Asrorqulovich Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

A.Almasov 1982-yilda Samarqand viloyatining Tayloq tumanida tug‘ilgan. 2003-yilda Samarqand davlat universitetining Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring