Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sovetlar davridagi ilk haj ziyorati ikkinchi jahon urushi vaqtida bo‘lgan

Sovetlar davridagi ilk haj ziyorati ikkinchi jahon urushi vaqtida bo‘lgan

Oktyabr inqilobidan so‘ng sovet hokimiyatining O‘rta Osiyoda o‘rnatilishi keyingi o‘n yillik davrda ko‘plab masjid va barcha madrasalarning yopilishiga olib keldi. Natijada, 1929 yilga kelib O‘zbekistonda diniy ta’lim tizimi batamom to‘xtatildi.

Ikkinchi jahon urushi davrida sovet tuzumining diniy siyosatida keskin o‘zgarish kuzatildi. 1943 yilning oktyabrida Toshkent shahrida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlarining diniy boshqarmasi tashkil etildi.

Mazkur Diniy boshqarma faoliyati beshta sovet respublikasi – Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistonni qamrab olgan edi. Bu o‘zgarishlar avvalambor haj ziyoratini, keyinchalik esa Markaziy Osiyo hududida o‘rta va oliy diniy ta’limni tiklanishiga olib keldi. Xususan, 1944 yildan boshlab sovet hukumati muqaddas haj ziyoratini ado etishga ruxsat beradi. Shu yilning o‘zida O‘rta Osiyo respublikalari hamda Qozog‘istondan 6 nafar kishi Sovet Ittifoqi davrida ilk bor haj safariga otlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring