Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Instagram» yaratuvchilari iste’foga chiqadi

«Instagram» yaratuvchilari iste’foga chiqadi

Foto: «Global Look Press»

«Instagram» bosh direktori Kevin Sistrom hamda ijtimoiy tarmoqning texnik bosh direktori Mayk Kriger iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Sistrom va Kriger bugun, 25 sentyabr kuni «Instagram» va «Facebook» ijtimoiy tarmoqlari ijodiy guruhiga iste’foga chiqishlarini ma’lum qilishgan. Bu qarorning sabablari oshkor qilinmayapti.

Sistrom va Kriger «Instagram»ga 2010 yilda asos solgan. 2012 yilda «Facebook» tarmoqni 1 mlrd. dollarga sotib olgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring