Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sport kurashlari bo‘yicha Prezident kubogi o‘tkazib boriladi

Sport kurashlari bo‘yicha Prezident kubogi o‘tkazib boriladi

Joriy yil 21-yanvardagi «Sport kurashlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–22-son qaror bilan 2026-yildan sport kurashlari bo‘yicha musobaqalar muntazam o‘tkazib boriladi.

Jumladan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi;
  • Bosh prokuror kubogi;
  • «O‘zbekiston botirlari» turniri;
  • Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida kubok va chempionatlar.

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi huzurida Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.

Sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat maktablarida milliy kurash va sport kurashlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi

2026/2027 o‘quv yilidan har bir tuman (shahar)da 1 tadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sport kurashlariga ixtisoslashgan sport klublari tashkil etiladi va kurash mahorat maktablariga biriktiriladi.

Sportchilarni zamonaviy ilmiy-metodik yondashuvlar asosida tayyorlash uchun xorijiy trenerlar va mutaxassislar jalb etib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring