Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Stakan-alkotester» ishlatgan YPX xodimi jazolanadi

«Stakan-alkotester» ishlatgan YPX xodimi jazolanadi

Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududida YPX xodimi O.Egamberdiyev «Lacetti» rusumli avtomobil haydovchisini to‘xtatib, haydovchi spirtli ichimlik ichgan yoki yo‘qligini bir yelim «stakan» orqali tekshirmoqchi bo‘lgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. O‘rnatilgan tartibga zid ravishda xizmat olib borgan xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi ta’minlanadi, deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati IIB YHXB xodimlari uchun eski namunadagi 7 dona va yangi namunadagi 16 dona, jami 23 dona spirtli ichimlikdan mastlik holatini aniqlovchi «alkotester» moslamalari tarqatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring