Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shon Konnerining o‘limi sababi aniqlandi

Shon Konnerining o‘limi sababi aniqlandi

Foto: «Global Look Press»

Pnevmoniya chaqirgan nafas yetishmovchiligi, keksalik va yurak bo‘lmasi fibrillyasiyasi Shon Konnerining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda aktyorning o‘limi to‘g‘risidagi guvohnomada qayd etilgan.

Yurak bo‘lmasi fibrillyasiyasi — yurakning tez va nomuntazam qisqarishini keltirib chiqaruvchi kasallik, deb yozadi «Daily Mail».

Qayd etilishicha, ushbu xastalik insult va yurak yetishmovchiligi xavfini oshirishi mumkin.

Konneri 31-oktyabr kuni 90 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Aktyorning oilasi o‘limining sababini oshkor qilishmagan, biroq oxirgi paytlarda uning salomatligi joyida emasligi ma’lum bo‘ldi.

Britaniyalik aktyor faoliyati davomida 70 dan ortiq filmda, jumladan, Jeyms Bond obrazida suratga tushgan. Konneri oxirgi marta 2003-yilda ekranda paydo bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring