Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Starship o‘ninchi sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunladi

Starship o‘ninchi sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunladi

Foto: Ronaldo Schemidt/AFP

Amerikaning SpaceX kompaniyasi Starship fazo kemasi (prototipi) raketa tashuvchisining o‘ninchi sinovini o‘tkazdi. Quyruq qismi shikastlanganiga qaramay, raketa Hind okeaniga muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan.

Starship raketasini uchirish bo‘yicha yanvar, mart va may oylaridagi urinishlar omadsizlikka uchragandi.

Ushbu parvoz davomida SpaceX birinchi marta Starship yukxonasidan Starlink aloqa tizimi sun’iy yo‘ldoshlarining sakkizta simulyatorini olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Ilgari texnik muammolar tufayli bu vazifa uddalanmagandi. Bundan tashqari, kompaniya Raptor dvigatelini muvaffaqiyatli qayta ishga tushirdi va Yerga qaytish paytida kemaning ishonchliligini oshirishga qaratilgan ishlanmalarni sinovdan o‘tkazdi.

Raketa Texas shtatida joylashgan Starbase kosmodromidan Sharqiy qirg‘oq vaqti bilan soat 19:30 da havoga ko‘tarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring