Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha prezident qarori  qabul qilindi

Sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha prezident qarori  qabul qilindi

Foto:«Jurist.ru»

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori  qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi. 

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-apreldan boshlab sud hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga mediatsiya instituti joriy etiladi. Mediatsiya amalga oshirilayotgan paytda ijro ishi 15 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turiladi.

Bunda tomonlar o‘rtasida ijro predmetiga doir kelishuv rasmiylashtirilgan hollarda ijro ishi yuritishi tugatiladi.

Ma’lumot uchun: kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli mediatsiya hisoblanadi.

Demak, 2019-yil 1-iyundan boshlab:

- ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish ijro hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida ijro ishi qo‘zg‘atiladi (hozirda 3 kun ichida qo‘zg‘atiladi);

- ijro harakatlari ko‘pi bilan ikki marta kechiktirilishi (necha marta kechiktirilishi mumkinligi qonunchilikda ko‘rsatilmagan) mumkin.

2019-yil 1-oktyabrdan mib.uz veb-saytida bepul asosda ijro harakatlari interaktiv davlat xizmati tizimi joriy etiladi. Ushbu tizim orqali, jumladan Internet tarmog‘i orqali undiruvchi va qarzdor tomonidan ijro harakatlari borishini barcha bosqichlarini kuzatish, shuningdek, qarzni onlayn tarzda to‘lash va ijro hujjati bajarilganligini qayd etish mumkin bo‘ladi. Mazkur tizimdan my.gov.uz portali orqali ham foydalanish imkoniyati ham yaratiladi.

Bundan tashqari qarorga muvofiq quyidagilar joriy etiladi:
- MIBga shartnoma-vositachilik asoslarida sotishga topshiriladigan mol-mulkni internet-do‘konlar jumladan, mobil ilovalar, elektron to‘lov tizimlari orqali sotish tartibi;

- bir oy muddatda davlat bojlari, ma’muriy jarimalar va boshqa to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlaridan foydalangan holda internet orqali to‘lash bo‘yicha davlat xizmati;

-uch oy muddatda ma’muriy jarimaga tortish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi. Bunda jarimaga tortish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan sanadan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining 70 foizi ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda qolgan summani to‘lashdan ozod etish nazarda tutiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring