Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sudya yordamchisi piyodani urib yubordi» sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

«Sudya yordamchisi piyodani urib yubordi» sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Kecha, 30-avgust kuni ayrim OAVlarda Toshkent shahrida sudya yordamchisi katta tezlikda piyodani urib yuborgani va piyoda hodisa joyida vafot etgani haqidagi xabar tarqatildi.

Bosh prokuratura axborot xizmatining mazkur holat yuzasidan bergan rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 30-avgust kuni soat 01:40 larda 21 yoshli haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lgan «Nexia-3» rusumli avtomashinasida Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan piyodalar o‘tish joyidan yo‘l-qatnov qismini kesib o‘tayotgan 41 yoshli piyodani (erkak) urib yuborgan.

Oqibatda olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.      

Hozirda Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring