Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Superkontrakt» miqdori ma’lum qilindi

«Superkontrakt» miqdori ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

Oliy ta’lim muassasalarida o‘qishga kirish uchun ball yetmay qolgan abituriyentlar uchun superkontrakt qiymati ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun amalda o‘rnatilgan miqdorga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi (ro‘yxat ushbu havolada).

Bunda, 2019/2020 o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan hisoblanishi (arzonlashtirilgan holda).

Shu bilan birga to‘lovchilarning o‘z hohishiga ko‘ra stipendiyali to‘lovlar, ya’ni, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt summasiga (bir o‘quv yili uchun 4 800 000 so‘m) qo‘shimcha to‘lanishi mumkin. Bunday holatda talaba har oy belgilangan 400 000 so‘m stipendiya oladi.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari oylarga bo‘lib to‘langanda ham, o‘quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50 foizi joriy yilning 1 noyabridan hamda ikkinchi yarmi uchun 2020 yilning 1 martidan kechiktirmay to‘lanishi belgilandi.

3-5 xatboshilarida qayd etilgan tartib, to‘plagan ballari 56,7 balldan kam bo‘lmagan va asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan tartibda to‘lov-kontrakt miqdorlarini belgilash va to‘lash uchun ham joriy etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring