Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suriya vakili AQShdan Isroilga ikki shtatini berishni so‘radi

Suriya vakili AQShdan Isroilga ikki shtatini berishni so‘radi

Bashar al-Ja’fariy

Foto: «Facebook»

Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar al-Ja’fariy Xavfsizlik kengashining kecha, 27-mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida AQShga «xalqaro huquqdan foydalanib begona yerlarni sotgandan ko‘ra», o‘z yerlarini Isroil bilan bo‘lishishni taklif qildi.

U yig‘ilganlarga murojaat qilarkan, Isroilning Jo‘lon tepaliklarga da’vosi AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini keskin tanqid qildi.

— Siz, masalan, Shimoliy va Janubiy Karolinani (Isroilga) bergan bo‘larmidingiz? Agarda amaldagi ma’muriyatingiz haqiqatan ham Isroilni qo‘llamoqchi bo‘lsa, shunday qiling, — dedi u amerikalik hamkasbiga qarata.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Isroilning Jo‘lon tepaliklari ustidan suverenitetini rasman tan olgan, BMT Jo‘lon tepaliklari maqomi o‘zgarmasligi haqida bayonot bergan, Arab davlatlari ligasi esa AQShning qaroridan g‘azabga kelgandi.

Ma’lumot uchun: Jo‘lon tepaliklari Yaqin Sharqdagi bahsli hudud bo‘lib, ayni paytda katta qismi ustidan Isroil o‘z nazoratini o‘rnatgan, sharqiy qismi esa Suriya ixtiyorida. Har ikki mamlakat Jo‘lon tepaliklarini o‘z hududi deb hisoblaydi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring