Surxondaryo tog‘larida adashib qolganlarga yordam ko‘rsatildi
FVV qutqaruvchilari Vaxshivor tog‘larida adashib qolgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatdi.
Hodisa kecha, 10-may kuni Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani «Vaxshivor» MFY hududidagi Vaxshivor tog‘larida sodir bo‘lgan.
Berilgan xabarga ko‘ra, 4 nafar fuqaro sayr qilish maqsadida toqqa borib, yo‘ldan adashib qolgan.
FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan va adashib qolgan fuqarolar topilib, sog‘-salomat xavfsiz hududga olib chiqilgan.
Tan jarohati olganlar yo‘q.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter