Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga asosan, Eshmatov Srojiddin Tog‘aymurodovich Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

Srojiddin Eshmatov 1971 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini, 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring