Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda foydalanilmayotgan ob’yektlar tadbirkorlarga beriladi

Surxondaryoda foydalanilmayotgan ob’yektlar tadbirkorlarga beriladi

Foto: «surxondaryo.uz»

Surxondaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Huquqiy axborot» kanali.

Ta’kidlanishicha, ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish qarorning maqsadidir.

Qaror bilan Surxondaryo viloyatining 9 ta tuman (shahar)laridagi foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlari va ishlab chiqarish maydonlarida (jami 55,1 gektar) kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etiladi.

KSZ hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik sub’yektlariga biznes rejalarini bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan xolda 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Mazkur KSZlarda davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring