Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda hojatxonaga tashlab ketilgan chaqaloqning holati haqida vazirlik ma’lumot berdi (video)

Surxondaryoda hojatxonaga tashlab ketilgan chaqaloqning holati haqida vazirlik ma’lumot berdi (video)

Foto: Kun.uz

Internetda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi bozor hojatxonasiga tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan chaqaloq topib olingani haqidagi video tarqaldi. Unda shifokorlar, IIB xodimlari va boshqalar chaqaloqni jonlantirishga urinayotgani tasvirlangandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati chaqaloqning hayoti saqlab qolingani va uning ayni vaqtdagi holati haqida ma’lumot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, yangi tug‘ilgan chaqaloq 2 iyul kuni Denov tumanidagi «Lolazor» buyum bozori hududidagi hojatxonadan topilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari va tez tibbiy yordam shifokorlari chaqaloqqa voqea joyida birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatishgan. Chaqaloq 2-sonli viloyat perinatal markaziga og‘ir ahvolda olib kelingan va uning hayoti saqlab qolingan.

«Shifokorlar ko‘rsatgan tibbiy muolajalardan keyin chaqaloqning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lib turibdi. Ayni paytda tibbiyot xodimlari tomonidan sun’iy oziqlantirilmoqda. Chaqaloq jinsi - qiz bola, og‘irligi - 3500 gramm, bo‘yi - 50 santimetr.

Hozirda chaqaloq ahvoli Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratiga olingan. Shifokorlar chaqaloq hayoti uchun kurashmoqda», deya Kun.uz’ga xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Furqat Sanayev.

Chaqaloqning onasi tasviri bozordagi kuzatuv kameralariga tushib qolgan va ayni vaqtda u qidiruvga berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring