Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda IIB xodimi oyoq-qo‘li bog‘langan mast fuqaroni kaltakladi

Surxondaryoda IIB xodimi oyoq-qo‘li bog‘langan mast fuqaroni kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimining yotoq o‘rniga fuqaroni bog‘lab qo‘ygani va unga nisbatan jismoniy kuch ishlatib, og‘zini ham bog‘lagani aks etgan videolavha tarqaldi.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi mazkur holat joriy yilning 6-may kuni Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida sodir bo‘lganini tasdiqladi.

Aniqlanishicha, tumanning Shaffof mahallasida yashovchi S. J. tuman IIBga murojaat qilib, shu kuni tumanning Yangi hayot mahallasida yashovchi fuqaro U. P. mast holda yashash uyiga kelib, uning tinchligini buzayotganligini aytgan. Ushbu xabarga asosan profilaktika inspektori voqea joyiga borgan vaqtda U.P. qochib ketgan.

So‘ngra, profilaktika inspektori uni topib, tuman Tibbiyot birlashmasidagi vaqtinchalik mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga olib borib joylashtirgan.

«Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring