Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 Tabiat himoyachilari farzandlarining kontrakt to‘lovi qoplab beriladi

 Tabiat himoyachilari farzandlarining kontrakt to‘lovi qoplab beriladi

Sanitar tozalash korxonalari hamda obodonlashtirish boshqarmalarida kamida 10 yildan beri ishlab kelayotgan xodimlar o‘rtasida «Tabiat uyg‘unligi himoyachisi» tanlovi o‘tkaziladi.

Hukumatning joriy yil 16-avgustdagi 514-sonli qaroriga ko‘ra, tanlovda sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ko‘p yillar davomida sadoqatli mehnat qilgan xodimlar qatnashishi mumkin.

Tanlovning navbatdagi bosqichi 2025-yil 1-sentyabrda boshlanib, g‘oliblar 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida aniqlanadi va munosib taqdirlanadi.

G‘oliblarning davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan farzandlari yoki nabiralariga kontrakt to‘lovi to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring