Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tadbirkorning «qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirgan» bank xodimi aniqlandi

Tadbirkorning «qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirgan» bank xodimi aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Tadbirkorning kredit qarzdorligini to‘lamasdan 6 000 AQSh dollarini ishlatib yuborgan sobiq bank xodimi aniqlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Norin tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda tijorat bankining sobiq bosh mutaxassisi R.M.«D.D.» fermer xo‘jaligining kredit qarzdorligini to‘lash uchun olgan 6 000 AQSh dollarini bankka kirim qilmasdan, evaziga soxta kvitansiyalar berib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring