Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tarovih ibodati vaqtini har bir masjid o‘zi belgilaydi

Tarovih ibodati vaqtini har bir masjid o‘zi belgilaydi

Foto: «shosh.uz»

Bugun, 11-may kuni O‘zbekiston musulmonlar idorasida Ramazon oyini har tomonlama ko‘tarinki va tartibli o‘tkazish bo‘yicha jurnalistlar hamda diniy soha vakillari ishtirokida brifing o‘tkazildi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar bermoqda.

Bo‘lib o‘tgan brifingda yurtimizda Ramazon oyida bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan tadbirlar to‘g‘risida ham atroflicha ma’lumotlar berildi.

Xususun, ma’lum qilinishicha, shu paytga qadar tarovih namozi vaqti diniy idora tomonidan respublika hududidagi barcha masjidlar uchun bitta vaqtda belgilanib kelingan bo‘lsa, joriy yildan boshlab tarovih vaqtini har bir masjid qavmining holati bo‘yicha o‘zi belgilaydi.

Qayerda, nechta masjidda tarovih o‘qilishi to‘g‘risida O‘MI masjidlar bo‘limidan ma’lumot olish mumkinligi ma’lum qilindi.

Bundan tashqari idora tomonidan ommaviy axborot vositlariga diniy masalalarga oid materiallarni diniy qo‘mita ekspertiza bo‘limidan bir qo‘r o‘tkazib olish tavsiya etildi.

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring