Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tashabbusli budjet»ga ovoz to‘plashning yangi tartiblari ishlab chiqilyapti – vazirlik

«Tashabbusli budjet»ga ovoz to‘plashning yangi tartiblari ishlab chiqilyapti – vazirlik

Iqtisodiyot va moliya vazirligi aholi soni ko‘p bo‘lgan mahallalar ovoz berishda ustunlikka erishayotgani hamda budjet tashkilotlarida xodimlarni ovoz yig‘ishda majburlash holatlari kuzatilayotgani bois «Tashabbusli budjet» loyihasiga ovoz to‘plashning yangi tartiblari ishlab chiqilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yangi texnik va uslubiy yechimlar ovoz berishda tengsizlikka yo‘l  qo‘ymaydi, shuningdek, barcha mahallalar aholisi uchun loyihalarni amalga oshirishda teng imkoniyatlarni yaratadi.

Jumladan:

  • FACE ID yordamida identifikatsiya qilish mexanizmini joriy etish. Bunda, tasdiqlangan foydalanuvchilar tomonidan berilgan ovozlar SMS orqali berilgan 5 yoki 10 ovozga tenglashtirilish;
  • kam sonli aholi yashaydigan mahallalar aholisi tomonidan ilgari surilgan loyihalar uchun ko‘paytirish koeffitsiyenti joriy etish amaliyoti ko‘rib chiqiladi.

Vazirlikka ko‘ra, bunda, kichik mahallalar loyihalariga katta mahallalar aholisi tashabbusi bilan teng sharoitlarda raqobatlashish imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, tashabbuslar uchun ovoz berishning shaffofligi va adolatliligini ta’minlashga qaratilgan boshqa takliflar ishlab chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda «Tashabbusli budjet» loyihasi doirasida ovoz berish jarayoni davom etmoqda. Hozirda jami 33 ming 600 loyiha uchun 10 milliondan ortiq ovoz berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring