Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tashrifning birinchi kunida viloyat faollari bilan yig‘ilish o‘tkaziladi

Tashrifning birinchi kunida viloyat faollari bilan yig‘ilish o‘tkaziladi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun, 17-mart kuni Samarqand viloyatiga jo‘nab ketgan edi.

Prezident matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Samarqandga yetib bordi.

Davlat rahbari 2017-yil aprel va noyabrda ham bu yerga kelib, viloyatni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy ob’yektlar qurish bo‘yicha ko‘plab vazifalar qo‘ygan edi. Tashrif doirasida ana shu vazifalar ijrosi tahlil qilinadi, yangilari belgilab beriladi.

Har doimgidek, tashrifning birinchi kunida asosan tumanlarga borish, viloyat faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring