Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram»dagi xabarni repost qilgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Telegram»dagi xabarni repost qilgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «AKKet»

Ochiq internet maydonlarida yoki ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan maqolasi, posti uchun jinoiy javobgarlikka tortilganlar haqida ko‘p eshitganmiz. Biroq birinchi marta «Telegram» messenjeridagi xabarni repost («ulashish») qilgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi, deb xabar beradi «4PDA».

Jinoyat ishi Rossiyaning Primorsk o‘lkasida yashovchi yurist Dmitriy Tretyakovga nisbatan ochilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 280-moddasi 2-qismi bilan — «internetdan foydalangan holda ommaviy ravishda ekstremizmga chorlash» bilan ayblanmoqda. Mutaxassislar Dmitriy tomonidan «ulashilgan» bir xabarda zo‘ravonlik va halokatga olib keladigan chaqiriq mavjudligini aniqlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Dmitriy Tretyakov 16-mart kuni qo‘lga olingan. Sud qaroriga ko‘ra, u 13-mayga qadar teregov izolyatorida saqlanadi. Gumonlanuvchining xonadoni tintuv ishlari o‘tkazilgan. Dmitriyning qo‘lga olinishiga o‘tgan yili jurnalist Arkadiy Bobchenkoning «Telegram» kanalidagi xabarini repost qilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Agar qonun buzilganligi tasdiqlansa, yurist besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring