Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Termizda poliklinika ishchisi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Termizda poliklinika ishchisi is gazidan zaharlanib vafot etdi

20-fevral kuni Termiz shahrida yashovchi, ko‘p tarmoqli poliklinikaning qozonxonasida ishlovchi J.X. ish joyida is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida ma’lum qilindi.

Mazkur voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, yangi yil arafasida Zangiota tumanidagi «O‘rikzor» mahallasida is gazi tufayli 4 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 5 nafar qiz vafot etgandi.

Is gazidan zaharlanish muammosi respublika darajasiga chiqib, hukumat topshirig‘iga binoan, hozirgi transport vaziri Ochilboy Ramatov boshchiligida shaxsiy uylarda isitish pechlari va isitish tizimlarini tekshirish va nazorat qilish bo‘yicha hukumat komissiyasi ham tuzilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring