Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Test paytida ota-onalar uchun kutish joylari tashkil qilinmaydi

Test paytida ota-onalar uchun kutish joylari tashkil qilinmaydi

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov ma’lum qildi.

30-avgust kunidan boshlab, test hujjatlari Davlat feld’yegerlik xizmatining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda belgilangan manzillargacha patrul avtomashinalari yordamida, zaruriy maxsus vositalar bilan ta’minlangan ichki ishlar organi xodimlari tomonidan kuzatib boriladi.

Sinovga kelgan har bir abituriyent tekshiruvdan o‘tkaziladi. Shuning uchun abituriyentlar o‘zlari bilan ortiqcha narsalarni olib kelmasliklarini so‘rab qolamiz. Faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak. Abituriyentlar suv, qalam, tegishli jihozlar, tibbiy niqob bilan ta’minlanadilar.

Ota-onalar va yaqinlar uchun alohida kutish joylari tashkil qilinmaydi. Test o‘tkaziladigan joylarga olib keluvchi avtomobil yo‘llari kamida 1,5 km radius masofada beton to‘siqlar yoki yuk avtotrasporti bilan to‘siladi. Ushbu hududlarda harakatlanish vaqtincha cheklanadi. Fuqarolarni va avtotransport vositalarini to‘planishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bularning barchasi zaruriy xavfsizlik choralari bo‘lib, ularning bajarilishi qat’iy nazoratga olinadi.

Abituriyentlardan test topshirish joylariga kamida 1 soat oldin kelishlari talab etiladi. Hozirda mahalliy xokimliklar tomonidan abituriyentlar uchun alohida avtobuslarni tashkil etish masalasi ko‘rilmoqda. Natijasi yuzasidan qo‘shimcha ravishda axborot beriladi.

Qo‘shimcha va o‘zgarishlar haqida rasmiy manbalarda e’lon qilinib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring