Tez orada yana uch davlat Eronga qarshi urush ochadi
«Sharl de Goll» aviatashuvchi kemasi.
Tez orada yana uch davlat Eronga zarba beradi. Bu haqda Fox News o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.
Hozirda ushbu mamlakatlar harbiy-havo kuchlari AQSh markaziy qo‘mondonligi bilan harakatlarni muvofiqlashtirmoqda, deyiladi xabarda.
Isroil va AQShning hujumlariga javoban, Eron harbiylari Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyaning Yaqin Sharqdagi bazalariga ham hujum uyushtirgandi. Uch mamlakat qo‘shma bayonot berib, Eron rejimining harbiy ob’yektlariga zarba berishga qaratilgan «mudofaa choralari»ni ko‘rmoqchi ekanliklarini e’lon qildi.
BFMTV telekanali xabar berishicha, Fransiyaning «Sharl de Goll» aviatashuvchi kemasi va uning zarbdor guruhi Boltiq dengizidagi amaliyotini to‘xtatib, O‘rta Yer dengizi sharqiy qismi tomon yo‘l olmoqda.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning ma’lum qilishicha, rasmiy London AQSh harbiy kuchlariga Eronga qarshi amaliyotlarda Britaniya harbiy bazalaridan foydalanish uchun ijozat bergan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter