Timur Kapadze «Navbahor» klubini boshqaradi
«Navbahor» futbol klubi ma’muriyati yangi bosh murabbiy sifatida Timur Kapadzeni rasman tanishtirdi.
Tajribali mutaxassis klub rahbariyati bilan barcha masalalarni muhokama qilgan holda, jamoadagi kelgusi rejalar va maqsadlar yuzasidan to‘liq kelishuvga erishdi. Tomonlar o‘zaro shartnoma imzolagan.
Klub rahbariyati Timur Kapadzening tajribasi, professional qarashlari va zamonaviy futbolga oid yondashuvi klub oldiga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutishiga ishonch bildirgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter