Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tonirovka» suvtekin bo‘ladimi?

«Tonirovka» suvtekin bo‘ladimi?

Bu borada «Mening fikrim» portaliga murojaat yo‘llandi. Murojaat muallifi O‘zbekistonda issiq mavsum yilda 7 oy davom etishi, ayniqsa yozda harorat yuqori bo‘lishini qayd etgan.

Amaldagi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslari uchun avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat olish to‘lovi quyidagicha:

  • orqa yon oynalar – yiliga 4,5 BHM (1 mln 215 ming so‘m);
  • barcha yon oynalar – yiliga 45 BHM (12 mln 150 ming so‘m).

Murojaat muallifi to‘lovlar miqdorini quyidagicha belgilashni taklif etgan:

  • orqa yon oynalar – 0,5 BHM (145 ming so‘m);
  • barcha yon oynalar – 2 BHM (540 ming so‘m).

Muallif, shuningdek, ruxsatnomani 3, 6, 9 va 12 oyga olish imkoniyati yaratilishini ham so‘ragan. Uning hisoblashicha, to‘lovni ruxsatnomaning amal qilish muddati davomida to‘lash mumkin bo‘lishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring