Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Top-30: Qahramon Aslanov, Xushnud Xudoyberdiyev, Aziza Qurbonova va boshqalar

Top-30: Qahramon Aslanov, Xushnud Xudoyberdiyev, Aziza Qurbonova va boshqalar

Foto: «Yuksalish» umummilliy harakati

«Yuksalish» umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonning OAV va internet tarmog‘idagi so‘nggi yillardagi jamoatchilik faollari — Top-30talik ro‘yxatini tuzdi.

Mazkur reyting O‘zbekistonda fikrlar plyuralizmining ta’minlanishiga, aholining turli ijtimoiy va iqtisodiy masalalar yuzasidan xabardorlik darajasining oshishiga hissasini qo‘shib kelayotgan jurnalistlar, mustaqil ekspertlar, blogerlar va boshqa jamoatchilik faollardan tashkil topgan.

Reytingda nomzodlar ro‘yxati o‘rinlarga ajratilmasdan, alfavit tartibida, quyidagi mezonlar asosida shakllantirilgan:

  • nomzodlarning OAV va ijtimoiy tarmoqlarda davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy va iqtisodiy masalalar yuzasidan munosabatini bildirishdagi faolligi;
  • ularning turli internet resurslardagi auditoriyasi soni va e’lon qilinayotgan materiallar qamrovi darajasi;
  • davlat tomonidan qabul qilinayotgan muhim qarorlarni muhokama qilish va ta’sirini baholashdagi ishtiroki;
  • nomzodning keng jamoatchilikka tanilganligi, ekspert va jamoatchi sifatida e’tirof etilish darajasi.

Eslatib o‘tamiz, «Yuksalish» umummilliy harakati avvalroq O‘zbekistonda mas’uliyatli vazifalarni bajarayotgan yosh boshqaruv kadrlar Top-35talik ro‘yxatini tuzgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring