Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘ra Bobolov Denovdagi portlash haqida ma’lumot bermoqda

To‘ra Bobolov Denovdagi portlash haqida ma’lumot bermoqda

Foto: Surxondaryo hokimligi

Ayni vaqtda Denov shahridagi Mustaqillik ko‘chasida kuni kecha, 7 dekabrda ro‘y bergan holat yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Matbuot anjumanida viloyat hokimi To‘ra Bobolov, hukumat komissiyasi a’zolari,  jurnalist va blogerlar ishtirok etmoqda.

Matbuot anjumani to‘g‘risida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 7 dekabr kuni soat 03:57da Denov shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 2 qavatli «Indenim» savdo majmuasi binosida portlash yuz berib, kamida 9 kishi tan jarohati olgani, 2 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

FVV vakili hodisaning taxminiy sababini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring