Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘raqo‘rg‘on IES qachon ishga tushishi ma’lum qilindi

To‘raqo‘rg‘on IES qachon ishga tushishi ma’lum qilindi

Foto: O‘zA

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida qurilayotgan issiqlik elektr stansiyasining 1-energobloki 2019 yilning dekabr oyida ishga tushiriladi. 2-energoblok va stansiyaning to‘liq ishga tushirilishi 2020 yilning mart oyiga rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

«O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi Namangan hududiy bo‘limi inspektori Sherzod Hojiyevning ta’kidlashicha, mazkur muhim loyiha bo‘yicha bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

«O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati buyurtmasi asosida barpo etilayotgan stansiyaning umumiy loyiha qiymati 1 milliard 195 million 870 ming AQSh dollariga teng. Hozir bu yerda ob’yektgacha bo‘lgan yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlari, direksiya ma’muriyati uchun ikki qavatli bino, yong‘in xavfsizligi xizmati inshootlari, soatiga 120 kub metr ishlab chiqarish quvvatiga ega beton zavodi va boshqa ko‘plab yordamchi xo‘jalik inshootlari qurilgan. Bundan tashqari, IESda ishlovchilar uchun qurilayotgan to‘rt qavatli ikkita turar joy binosida pardozlash ishlari olib borilmoqda. Qurilish-montaj ishlariga 800 ishchi va 44 maxsus texnika jalb etilgan.

Issiqlik elektr stansiyasi qurilishini investitsiya dasturi asosida moliyalashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tender tanlovlari natijalariga ko‘ra, loyihaga konsalting xizmati ko‘rsatish Yaponiyaning «TEPSKO» kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu kompaniya bilan 18 million 338 ming dollarlik shartnoma imzolangan. Shuningdek, xalqaro tenderda Yaponiyaning «Mitsubihi Corporation», «Mitsubishi Hitachi Power Systems» konsorsiumi bosh pudratchi sifatida g‘olib, deb topilgan.

Ushbu kompaniya bilan 749,43 million dollarlik shartnoma imzolangan. 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab yordamchi pudratchi – Turkiyaning «SaIik Enerji» kompaniyasi muhandis-texnik mutaxassislari ham qurilish-montaj ishlarida faol ishtirok etayotir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring