Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘raqo‘rg‘onda bo‘lgan film premerasida hokim va Senat raisi ishtirok etdi

To‘raqo‘rg‘onda bo‘lgan film premerasida hokim va Senat raisi ishtirok etdi

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Kinomaniya» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan «Ibrat» tarixiy-badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tdi.

Film premerasi Davlat rahbari tashabbusiga ko‘ra adabiyotshunos, tilshunos, ma’rifatparvar, jadidchi olim Is’hoqxon Ibratning tug‘ilib o‘sgan makoniga hurmat va ehtirom ko‘rsatish maqsadida o‘tkazildi.

Premera avvalida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, kinoijodkorlar, «O‘zbekkino» Milliy agentligi rahbariyati, mutaxassislar, rasmiylar ishtirokida Is’hoqxon Ibrat haykaliga gulchambar qo‘yildi. Unda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov va O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilovlar so‘zga chiqdi. Shundan so‘ng, viloyat hokimi, tashkilotchi va ijodkorlar Ibrat muzeyiga tashrif buyurishib u yerdagi eksponatlar bilan tanishishdi.

Shundan so‘ng To‘raqo‘rg‘on tumani Madaniyat markazida «Ibrat» tarixiy-badiiy filmining premerasi boshlandi. Namoyishda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva ham ishtirok etdi.

Shuningdek Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda ham o‘qituvchi va murabbiylar uchun «Ibrat» filmining premerasi bo‘lib o‘tdi.

Premeraga bayram munosabati bilan o‘qituvchi va murabbiylar, mehnat faxriylari va ijodkorlar taklif etildi. Mazkur premera joriy yilda yangi ta’mirlangan Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida ilk bor o‘tkazilmoqda.

«Ibrat» tarixiy-badiiy filmi yetuk ma’rifatparvar, adabiyotshunos, tilshunos, jadidchi olim Is’hoqxon Ibratning hayoti va ijodi haqida yaratilgan bo‘lib, film premerasi o‘qituvchi va murabbiylar uchun «O‘zbekkino» Milliy agentligi tomonidan bayram tuhfasi bo‘ldi.

«O‘zbekkino» Milliy agentligi Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring