Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtta hududda koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

To‘rtta hududda koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

2020-yil 4-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26804 (+254) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 218 nafari Toshkent shahrida (shundan 195 nafari tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 23 nafari esa O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida), 31 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent viloyatida 181 nafar, Toshkent shahrida 174 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 88 nafari, Samarqand viloyatida 87 nafar, Surxondaryo viloyatida 20 nafar, Qashqadaryo viloyatida 18 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 2 nafar, jami 576 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 17838 (+576) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8803 nafar bemor davolanmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring