Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent bo‘ylab issiq suv o‘chiriladi (ro‘yxat)

Toshkent bo‘ylab issiq suv o‘chiriladi (ro‘yxat)

Foto: Norma.

Toshkentda issiq suv rejali o‘chiriladi. Veolia kompaniyasi kuzgi profilaktika ishlari munosabati bilan sentyabr-oktyabr oylarida Toshkent shahrida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan mavzelar va ko‘chalar ro‘yxatini ma’lum qildi.

“Hurmatli iste’molchilar, ushbu ishlar tizimni qishki mavsumga tayyorlash uchun zarur. Vaziyatni tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz”, – deyiladi kompaniya axborotida.

Issiq suv ta’minoti vaqticha to‘xtatiladi:

8–12-sentyabr

Ko‘chalar: Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burhonov, Razzok Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li, Feruza

Massivlar: Qorasuv–1,2,3,4,6; Bo‘z–2; Feruza

Ko‘chalar: Zargarlik, Lutfiy, Bog‘iston, Qatortal, Guliston, Farhod, Choponota, Bog‘iboston, Naqqoshlik, Do‘mbirobod, Serquyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin va boshqalar

Massivlar: Chilonzor (5–26, 30, 31, G9A, 20A), Do‘mbirobod, Sharq, Guliston, Al-Xorazmiy–1,2, Beshqayraqo‘ch, Izza, O‘rikzor bozori atrofi

15–19-sentyabr

Ko‘chalar: Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysizlar, Parkent, Cho‘lpon, Alimkent

Massivlar: Tuzel–1÷4, Uysizlar–1, Asalobod–1,2, Aviasozlar shaharchasi (1,1a,2,3,4)

Ko‘chalar: Amir Temur, Mustaqillik, Sharof Rashidov, Navoiy, Bobur, Shota Rustaveli, Katta Chilonzor, Muqimiy, Seul, Nurafshon, Afrosiyob va boshqalar

Massivlar: Markaz–1,2,4,5,7; Oqtepa, Chilonzor (1–5,7,E,I), Kushbegi, Boshliq, Uchuvchilar shaharchasi

22–26-sentyabr

Ko‘chalar: Mustaqillik shoh ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on va boshqalar

Massivlar: Yalang‘och, Toshqishloqmach, Mavlono Riyoziy, Bo‘z–1, ToshGRES posyolkasi

Ko‘chalar: Bunyodkor shoh ko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Shifonur, Chorsu maydoni va atrofi

29-sentyabr – 3-oktyabr

Ko‘chalar: Amir Temur, Mustaqillik, Ahmad Donish, Sharof Rashidov, Yahyo G‘ulomov, Shahrisabz, Shastri, Dehqonobod, Katta halqa yo‘li, Shahriston, Yunusobod va boshqalar

Massivlar: Beltepa, Ibn Sino–1,2, Jarariq, Beshqo‘rg‘on–1÷4, Olimpiya, Shifokorlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi, Yunusobod (1–19), Sebzor

6–10-oktyabr

Ko‘chalar: Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tollimarjon, Fayzobod va boshqalar

Massivlar: Qo‘yliq–1-7, Qo‘yliq–Aylanma

Ko‘chalar: Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, Sug‘diyona, Qipchoq, Chinar, Davlatobod, Do‘stlik, Sergeli 1–8A, Yulduz 1–18

«Vodnik» massivi (Husayn Boyqaro ko‘chasi, Bektemir)

«Quruvchi» massivi (Sergili)

Avval sentyabr-oktyabrlarida Toshkentda ichimlik suvi ham rejali o‘chirilishi ma’lum qilingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring