Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent bozorlarida bo‘yalgan pomidor sotilayotgani rad etildi

Toshkent bozorlarida bo‘yalgan pomidor sotilayotgani rad etildi

Bir muddat oldin ayrim nashrlar Toshkent bozorlarida kimyoviy bo‘yoqlar bilan ishlov berilgan pomidorlar sotilayotgani haqida ma’lumot tarqatgan edi.

Poytaxt hokimligi ushbu xabarning «o‘z tasdig‘ini topmagani»ni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi barcha oziq-ovqat bozorlarida holat o‘rganilgan va tekshiruv yakunlariga ko‘ra, kimyoviy bo‘yoqlar bilan ishlov berilgan sabzavot mahsulotlari sotilayotgani holatlari aniqlanmagan.

«Aholiga faol fuqarolik pozitsiyasi hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi masalalariga e’tibori uchun minnatdorlik bildiramiz. Shu bilan birga, tahririyatlar va axborot resurslari administratorlaridan bunday ma’lumotlarni e’lon qilishdan avval vakolatli organlardan aniqlashtirishni so‘raymiz, chunki noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin», – deyiladi shahar hokimligi axborotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring