Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent havosida ifloslanish kamaymoqda. Mutaxassis izohi

Toshkent havosida ifloslanish kamaymoqda. Mutaxassis izohi

Joriy yil 12-martdan so‘ng Toshkent viloyati atrofida juda ham ko‘p yog‘in ortidan birdaniga yaylovlar yashillikka tez burkandi. Hatto, so‘ngi paytlar poytaxt g‘arbidagi qo‘shni Qozog‘iston yerlari ham tabiat tomonidan yaxshigina yashil rangga kirgan. 

Toshkent va qo‘shni Qozog‘istondagi Turkiston viloyatlaridagi (sug‘oriladigan maydonlaridan tashqari) yashil hududlar mana 10 kundirki, poytaxt havosi tarkibida iflos moddalar to‘planishiga olib kelmayapti.

Meteorolog E.Abdulahatovga ko‘ra, bu holat vaqtincha. 

Uning yozishicha, hududlardan ko‘tarilmayotgan chang zarrachalari mahalliy shamollar sabab poytaxtda to‘planmayapti. O‘zgidromet statsionar postlari ham sutka davomida shahar havosi toza ekanini ko‘rsatyapti. Shahar ko‘chalarida o‘sha transport haraktlanyapti va o‘sha zavod fabrikalar ishlab turibdi.

«Men shahar havosini ifloslantiruvchi asosiy omil tabiiy holatdagi ifloslanishmi yoki antropogen ifloslanish omilimi, shu haqida gapiryapman. Albatta, antropogen ifloslanish inson salomatligiga xavfli va uning oz bo‘lsada ulushi ham yetarli muammolarni keltiradi. Ammo, biz avval aniqlashtirib olishimiz lozim: «Poytaxt havosi nimani hisobiga ifloslanmoqda?». Va pirovardida kelgusi qadamlar ham shu asnoda tashlanishi kerak.

NASA sun’iy yo‘ldoshlari tasvirlarida ham o‘tgan va joriy yildagi Toshkent viloyati uning atrofidagi yashillilik bilan bog‘liq farqni ko‘rish mumkin», deya yozadi mutaxassis.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring