Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar IIBB 2 yildan beri bir fuqaroning murojaatini hal qilib bermayapti

Toshkent shahar IIBB 2 yildan beri bir fuqaroning murojaatini hal qilib bermayapti

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portaliga fuqarolardan murojaatlar kelishi davom etmoqda. Bir fuqaro 2 yildan beri firibgarlik qurboni bo‘lgani, Toshkent shahar IIBB esa ushbu muammoni ijobiy hal etolmagani haqida murojaat kelib tushdi.

«2016-yil sentyabr oyida Boltayev Sunnatilla ismli shaxs aldov yoki ishonchimni suiiste’mol qilish yo‘li bilan firibgarlikka qo‘l urdi va 15 million so‘m pulimni olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yubordi.

Bu borada 2017-yil iyun oyida Toshkent shahar IIBBga rasman ariza bilan murojaat qildim va shu odamni topib berishlarini so‘radim. Oradan 2 oycha vaqt o‘tib, meni murojaatim bo‘yicha Shayxontohur tuman IIBga chaqirishdi. Aytishlaricha, arizam qolib, menga shu pulni olib berishda yordam qilgan va olib berolmagan uchastka noziriga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazisharkan. Toshkent shahar IIBBdan shunday xat kelgan ekan (xatni ko‘rsatishgan).

Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirining virtual qabulxonasiga murojaat yo‘lladim. Ushbu masalani hal qilishda Toshkent shahar IIBBni aralashtirmasdan, o‘zinglar hal qilib beringlar, dedim. Lekin IIVdagilar ham yana qayta IIBBga tushirgan. IIBBdagilar esa bu qarz, fuqarolik muammosi deb murojaatni yopib qutulishmoqda.

Agar shunchalik qiyin bo‘lsa, menga shu odamni topib berishsin. Pullarimni o‘zim undiraman. Topish vakolatim kengroq bo‘lganida sizlarga yozib o‘tirmasdim», deya maktubini yakunlaydi fuqaro.

«Xabar.uz» bu mavzuga rasmiylardan javob kutib qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring