Toshkent shahrida «Hi-Tech City» bunyod etiladigan joy ma’lum bo‘ldi

«Hi-Tech City» hududining taxminiy chegaralari.
1,4 mlrd dollarga baholanayotgan «Hi-Tech City» — Toshkentning «yuqori texnologiyali tumani» O‘zekspomarkaz va Xalqaro biznes markazi joylashgan hududni o‘z ichiga oladi, deb xabar berdi «Gazeta.uz».
O‘zbekiston hukumati «Hi-Tech City» Xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz quriladigan maydonni belgilab berdi. Vazirlar Mahkamasining 5 martdagi qaroriga muvofiq, markaz Amir Temur, Kichik halqa yo‘li, Sandiqqo‘rg‘on va Iftixor ko‘chalari o‘rtasidagi hududda joylashadi.
Ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida tashkil etilayotgan mavze Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yaqinida joylashib, Xalqaro biznes markaz va O‘zekspomarkaz maydonini o‘z ichiga oladi.
«Hi-Tech City» kompaniyasini boshqarish funksiyasi bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshida tashkil etiladigan markaz hududida yangi ob’yektlarning qurilishi va foydalanishga topshirilishi bo‘yicha direksiya (DUK) shug‘ullanadi. Direksiya investorlarni tanlaydi, ular bilan muzokaralar olib boradi va investitsion kelishuvlar tuzadi, shuningdek, loyihaning amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Mart oyi davomida bo‘lg‘usi markaz joylashtiriladigan hududdagi buzilishi lozim bo‘lgan turar joylar va inshootlar bu yerda haqiqatdan ham yashayotgan oilalar ro‘yxati shakllantirilgan holda inventarizatsiyadan o‘tkaziladi. Ularga yangi yer uchastkalari ajratilishi lozim.
Avvalroq «Hi-Tech City» qurilishi uchun to‘rtta variant taklif etilgani xabar qilingan edi. Janubiy Koreyaning POSCO Daewoo kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyiha qiymati 1,4 mlrd dollarni tashkil etadi.
Ayni paytda O‘zbekiston poytaxtida qiymati 1 mlrd dollarga teng «Tashkent City» Xalqaro ishbilarmonlik markazi ham qurilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter