Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent va barcha hududlarning markaziy ko‘chalarida «Konstitutsiya ko‘chasi» tashkil etiladi

Toshkent va barcha hududlarning markaziy ko‘chalarida «Konstitutsiya ko‘chasi» tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi va Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahrining «Sayilgoh» ko‘chasi va barcha hududlarning markaziy ko‘chalarida «Konstitutsiya ko‘chasi» tashkil etiladi.

Tadbir doirasida:

  • fuqarolarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida tegishli davlat tashkilotlari tomonidan «Konstitutsiya burchaklari» tashkil etiladi;
  • taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert, ko‘ngilochar-madaniy va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi;
  • sovrinli viktorinalar o‘tkaziladi;
  • sayyor qabullar tashkil etiladi.

Toshkent shahridagi tadbir «Sayilgoh» ko‘chasida 2025-yilning 5-dekabr kuni soat 11:00 da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring