Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatining barcha tuman hokimlari jazoga tortildi

Toshkent viloyatining barcha tuman hokimlari jazoga tortildi

Toshkent viloyatining barcha 22 ta tuman (shahar) hokimlari oylik maoshining 30 foizi miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.

Bunday intizomiy jazo haqida viloyat hokimi G‘ulomjon Ibragimov tomonidan, bugun bo‘lib o‘tgan videoselektorda e’lon qilgan.

Ma’lum qilishlaricha, bunga paxta terimi jarayonining sust ketayotgani sabab bo‘lgan. 

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida bo‘lib o‘tgan selektorda Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Inomovich Ibragimov hayfsan olgani xabar qilingan edi.

Oktyabr oyining boshida esa Toshkent viloyati hokimining farmoyishiga asosan Pskent, Bekobod, Bo‘ka, Chinoz, Yangiyo‘l tumani hokimlari ikki oylik maoshidan ayrilgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring