Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 2300 o‘rinli «Oltintepa» jome masjidi ochildi (foto)

Toshkentda 2300 o‘rinli «Oltintepa» jome masjidi ochildi (foto)

Foto:«Muslim.uz»

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek «Oltintepa» jome masjidi kishilar uchun juda ham qulay shaklda qayta bunyod etildi. 2016-yil avgust oyida qurilish ishlari boshlangan edi. Masjid ikki yilu to‘rt oy degan-da hashar yo‘li bilan bitkazildi. Masjid mahobatli moviy gumbaz, keng xonaqohlar, so‘lim hovliga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 2300 nafar namozxonni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.

Foto:«Muslim.uz»

Bugun, 6 dekabr kuni «Oltintepa» masjidi qayta qurilishi munosabati bilan ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda ulamolar, imom-domlalar, namozxonlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb-portalida xabar berildi.

Foto:«Muslim.uz»

Muftiy Usmonxon Alimov mana shunday bunyodkorlik ishlari joriy yilda birgina Toshkent shahrida 9 ta jomeda amalga oshirilgani, 12 ta masjid kapital ta’mirlangani, ayrimlarida qurilish ishlari davom etayotganini bildirdi. Ayniqsa, poytaxtimizdagi «Suzuk ota» va «Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf» majmualarida bunyodkorlik ishlari izchil davom etayotganini alohida qayd etdi.

Foto:«Muslim.uz»
Foto:«Muslim.uz»
Foto:«Muslim.uz»

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring