Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ADJU universiteti tashkil etiladi

Toshkentda ADJU universiteti tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra poytaxtimizda Koreya Respublikasining Adju universiteti tashkil etilmoqda.

Jahon mehnat bozoridagi talablarni inobatga olgan holda tashkil etilayotgan bu universitetda qurilish, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalarida va boshqa talab yuqori bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyati amalga oshiriladi.

Universitetga talabalar 2019/2020-o‘quv yilidan qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring