Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda Amiti universiteti tashkil etildi

Toshkentda Amiti universiteti tashkil etildi

Foto: «Franchise India»

Prezidentning 2019-yil 7-yanvardagi qarori bilan Toshkent shahridagi Amiti universiteti tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Oliy ta’lim muassasasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitetning ta’lim faoliyati 2019/2020-o‘quv yilidan boshlanadi.

Uni tamomlagan bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Amiti universitetining (Hindiston) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring