Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayol IIB xodimining pogonini yulib tashladi

Toshkentda ayol IIB xodimining pogonini yulib tashladi

Foto:«Xabar.uz»

Voqelik shu yilning 2-aprel kuni poytaxtning Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida yuz berdi. Shu kuni kuppa-kunduzida hech bir zaruriyatsiz va tibbiy niqobsiz ko‘chada yurgan P. P.ga (ayol, 27 yoshda) tuman IIB profilaktika inspektori F. Ibrohimov tanbeh berib, bunday xatti-harakat javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantiradi. Bunga javoban ayol inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, aksincha, uni haqorat qiladi. Ikki o‘rtada yuzaga kelgan  asabiy holat jarayonida P. P. inspektorning pogonini yulib olib, hatto xizmatda foydalanadigan aloqa vositasining antennasini sindirib tashlaydi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, holat yuzasidan olib borilgan tegishli protsessual harakatlar natijasida  ayolga nisbatan JK (Jinoyat kodeksi)ning 219-moddasi ( xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga  faol qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring