Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda Cho‘lpon haqidagi tarixiy roman taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Toshkentda Cho‘lpon haqidagi tarixiy roman taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Foto: «Xabar.uz»

2018-yil 29-avgust kuni  soat 11:00 da O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi binosida yozuvchi Nabi Jaloliddinning Cho‘lpon haqidagi «Tegirmon» nomli tarixiy kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda yozuvchining Telegramdagi kanalida xabar berildi.

Taniqli yozuvchi va shoir Nabi Jaloliddin qalamiga mansub, Abdulhamid Cho‘lpon hayoti va ijodi haqidagi «Tegirmon» romani kitob holida nashrdan chiqqani haqida xabar bergan edik.

«Cho‘lpon» nashriyot-matbaa uyida nashrga tayyorlangan ushbu kitob ikki qismdan iborat bo‘lib, unda o‘sha zamonda yashagan ko‘plab mashhur kishilarining hayoti haqida ham so‘z boradi. «Tegirmon» romani respublika kitob bayrami doirasida rastalarga chiqqandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring